Milliy qadriyatlar va mahalla

Nukusda “Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallaning o‘rni” mavzusida forum o‘tkazildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi kengashi boshqaruvi tomonidan o‘tkazilgan forumda shahar va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etdi.
9595eed8-a388-4382-acc9-396da849d510.jpg
Prezidentimizning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan forumdan ko‘zlangan maqsad milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirish, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, oilalar totuvligini ta’minlashda mahallaning o‘rnini oshirish, tizim xodimlari va hamkorlarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishdan iborat.
Forum doirasida ishtirokchilar Berdaq nomidagi milliy muzeyga sayohat uyushtirdi. U yerda qoraqalpoq xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazma tashkil etildi.

 

Y.Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat) O‘zA