Bugun O‘zbekiston namunali siyosat yuritib, Germaniya Federativ Respublikasi va Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan aloqalarni faol, konstruktiv ruhda rivojlantirmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, davlat rahbari shunday islohotlarni boshladiki, pirovard natijada barcha hamkorlarga o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash imkoniyati tug‘ildi. Va bu ulkan muvaffaqiyat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevni tabriklash mumkin.
O‘tgan yil Berlin shahrida respublika yetakchisi va GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ishtirokida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonning arxeologik qazilmalariga bag‘ishlangan olamshumul ko‘rgazmatashkil etilgan edi. O‘sha tadbir doirasida Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan Germaniya – O‘zbekiston forumi ham o‘tkazildi. Shu tariqa ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida yana bir dadil qadam tashlandi. Bugun esa hamkorligimiz ko‘lami O‘zbekistondan kelgan mutaxassislar uchun ish o‘rinlari yaratishdan tortib, Germaniyadagi kompaniyalarni O‘zbekistonga investitsiya kiritish uchun jalb qilishgacha bo‘lgan turli muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan. Bu jarayonda iqtisodiy hamkorlik ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Berlin va Toshkent shaharlari ko‘p yildan buyon qalin sherik hisoblanadi. Har ikki tomon mavjud aloqani muntazam faollashtirish niyatida. Joriy yil oktyabr oyida kelishuvlarni yangilash, hamkorlikning yangi qirralarini belgilash va rivojlantirish maqsadida Berlindan ikki nafar senatorni Toshkentga yuborish rejasi tasdiqlandi.
Aminmanki, davlat rahbarining oqilona siyosati natijasida mintaqada haqiqiy yetakchilikni qo‘lga olayotgan O‘zbekiston yaqin kelajakda rivojlangan, muhim ahamiyatga ega davlatlar safiga qo‘shiladi.
Islohot Parlament saylovi tizimida ham amalga oshirilayotgani, bu galgi siyosiy tadbir majoritar tizim asosida o‘tkazilishini ham ijobiy baholayman. Oktyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan saylovda jamiyatning barcha ijtimoiy guruhlari faol ishtirok etishi uchun barcha imkoniyat yaratilmoqda.
Biz Germaniyadan turib, mamlakatingiz so‘nggi yillarda demokratiya asosida taraqqiy etayotganini kuzatib boryapmiz. Va bu islohotlar jamiyatning barcha qatlamlarida samara berayotganining belgisidir. Ishonchim komilki, navbatdagi saylov natijasida jarayon yanada rivojlanib, O‘zbekiston va GFR aloqalari ko‘lami kangayishiga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, yana bir bor o‘zbek xalqini Mustaqillikning 33 yilligi bilan samimiy tabriklayman.
Detlef Prins,
“Germaniya – O‘zbekiston forumi” prezidenti.
O‘zA