Bayram shukuhi

“Diplomatik rakurs” loyihasining navbatdagi mehmoni O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vafo bint Jabr Nosir Al-Busaidiy xonim O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

– Avvalo, har yil 1 sentyabr sanasida keng nishonlanadigan O‘zbekiston mustaqilligi bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari boshchiligidagi Respublika hukumati va xalqiga samimiy tabrik, ezgu tilaklar yo‘llashdan g‘oyat mamnunligimni izhor etaman.

Bugun Istiqlolga 33 yil to‘lar ekan, barcha jabhada keng ko‘lamli o‘sish namoyonligiga guvohmiz. O‘zbekiston – O‘mon munosabatlari ham so‘nggi yillarda sezilarli darajada yuksalmoqda.

Umid qilamizki, ikki do‘st davlat o‘rtasidagi munosabatlar yanada rivoj topadi.

Mustaqil O‘zbekistonga yanada yuksak taraqqiyot, doimiy farovonlik tilaymiz.

Muharrama Pirmatova yozib oldi. Doniyor Yoqubov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA