Afg‘oniston ma’muriyati Ozarbayjondan shu yil Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi – “COP29”da ishtirok etish uchun yordam so‘radi.
“Anadolu” yozishicha, Afg‘oniston atrof-muhitni muhofaza qilish milliy agentligi bosh direktori Motiul Haq Xolis Kobulda Ozarbayjonning ushbu davlatdagi elchisi Ilhom Muhammedov bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Muloqot davomida xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston bilan ekologik masalada yetarli darajada hamkorlik qilmayotganini qayd etgan Xolis Ozarbayjondan mamlakatini ushbu nufuzli anjumanda ishtirok etish masalasida qo‘llab-quvvatlash, ayni yo‘nalishda yordam berish uchun chora ko‘rishni so‘ragan.
Ma’lumotga ko‘ra, so‘rov tegishli tuzilmalarga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, 11-22 noyabr kunlari Ozarbayjonda BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi bo‘lib o‘tadi.