Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida, baland tog‘ qo‘ynidagi Zindan ko‘li o‘zani kuchli yomg‘ir tufayli yorilib ketdi. Bu haqda “Kazinform” agentligi yozgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘l o‘pirilishi natijasida Issiqko‘l viloyati To‘n tumani Tuura-Suv qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Ton daryosida suv sathi ko‘tarilgan. Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida mahalliy hokimiyat qishloqdan 90 kishini, baliq zavodi yaqinidagi hududning 70 nafar aholisini evakuatsiya qilishga qaror qildi. Odamlar eng yaqin aholi manzili – Eshperov va Oq-Soyga joylashtirildi.

Voqea joyida qutqaruvchilar ishlayapti. Xonadonlarga suv kirishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Maxsus texnika yordamida suv oqimi yo‘nalishi muvofiqlashtirilmoqda.