Bu haqda Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tayotgan ochiq muloqotda ta’kidlandi.
Yer osti boyliklarini o‘zlashtirishga tadbirkorlarni keng jalb etib, ishlab chiqarishni ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi.
Shu yilning o‘zidayoq 150 tadan ortiq kon va maydonlar tadbirkorlarga sotildi.
Yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi.
Qurilishda qum-shag‘alga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi.
O‘zA