Bu haqda Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tayotgan ochiq muloqotda ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda energetika sohasi isloh qilinib, xususiy sektorga keng yo‘l ochib berildi.

Bu orqali 3,5 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalari ishga tushdi va yana 31,5 milliard dollarlik 50 ta loyiha bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda.

Hududiy elektr tarmoqlarining boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanadi. Xususan, oktyabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qilinadi.

Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi.

O‘zA