Bu haqda Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tayotgan ochiq muloqotda ta’kidlandi.

So‘rovlarda 30-40 foiz korxonalarimiz qaysi mahsulotga tashqi bozorda talab yuqori, qanaqa standart kerak, degan savollarga javob topishga qiynalishini aytgan.

Tashqi bozorda mahsulotlarimiz turining ko‘payishiga, eksportchi korxonalarimiz yangi bozorlarga kirib borishiga xizmat qiladigan tizim yaratiladi.

Bu borada chet elda biznes qilib, katta tajriba orttirgan vatandoshlarimiz va eksportchi korxonalarni bir-biri bilan bog‘lash katta samara berishi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga vatandoshlarimiz bilan yaqindan ishlab, ular bilan “savdo va investitsiya bo‘yicha maslahatchi” sifatida hamkorlik qilish, ularning taklif, tashabbus va loyihalariga ko‘maklashish topshirildi.

O‘zA