Amerikada sobiq prezident, respublikachi nomzod Donald Tramp natijasi noaniq bo‘lib turgan yetti shtatdan to‘rttasida g‘olib bo‘lishi, lekin saylovni kichik farq bilan boy berishi taxmin qilinyapti. Bukmekerlar bashoratiga tayanilgan mazkur xulosani “Polymarket” onlayn-platformasi chiqargan.
Natija noma’lum shtatlar toifasiga ikkala partiya nomzodiga barqaror ovoz berish tendensiyasi mavjud bo‘lmagan hududlar kiradi. Binobarin, aksar hollarda yakuniy natija aynan shunday shtatlarga bog‘liq bo‘lib qoladi. 2024 yil bu mas’uliyat Viskonsin, Michigan, Pensilvaniya, Shimoliy Karolina, Jorjiya, Arizona va Nevada zimmasiga tushyapti.
Bukmekerlar baho berishicha, nazariy jihatdan Xarris 270, Tramp esa 268 ovozga ega bo‘ladi.
AQSHda navbatdagi prezident saylovi 5 noyabr kuniga mo‘ljallangan.