Prezident Jahon savdo tashkilotiga a’zolik xalqaro tranzit yuk tashishda ortiqcha to‘lov yoki cheklovlardan xalos qilishini qayd etdi. Albatta, bu – raqobatdosh bo‘lishimizga yana bir turtki beradi.

Umuman, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, tashqi bozorlarda munosib o‘rin topish uchun xalqaro standartlarga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.

Masalan, pestitsidlar nazorati yo‘lga qo‘yilmas ekan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 2030 yilgacha 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha belgilagan marralarga erishib bo‘lmaydi. Yetishtirayotgan mahsulotlarimiz bozorini topolmasdan nobud bo‘laveradi.

Shu bois, bu yil oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha katta o‘zgarishlar rejalashtirilgan. Bu orqali karantin, veterinariya, sanepidemnazorat va standart tashkilotlarining takrorlovchi vakolatlari qisqaradi, tadbirkorlarni qayta-qayta tekshirishga chek qo‘yiladi.

O‘zA