Qishloq va noqishloq joylarda yer fondi doirasida bir faoliyatdan boshqasiga o‘zgartirish tartibi aniq belgilanmagan.
Masalan, bog‘ o‘rnida issiqxona qilaman, degan tadbirkor ishni nimadan boshlashni, kimga murojaat qilishni bilmaydi. Yoki, tadbirkor o‘z bog‘ida tomchilatib sug‘orish uchun hovuz, kichik sig‘imli saralash va saqlash omborini qura olmaydi.
Shu bois, har bir yer uchastkasi uchun asosiy faoliyat turini qaysilariga almashtirish mumkinligi, qanday yordamchi inshootlarni joylashtira olishi aniq belgilab beriladi.
Buning uchun, 1 yanvardan yer uchastkalari va kapital qurilish ob’ektlarining yagona klassifikatori joriy etiladi. Shuning hisobiga tadbirkorlar bir yilda o‘z yeriga 800 milliard so‘mlik investitsiya kiritadi.
Bulardan tashqari, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik sohalari, meva-sabzavotni qayta ishlovchilarga ular joylashgan bino-inshootlar ostidagi yerlar uchun sanoat toifasi stavkasida yer solig‘i hisoblanayapti.
Klassifikatorni joriy qilish orqali ular ham qishloq xo‘jaligi yerlari kabi soliq to‘lashga o‘tadi.
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
O‘zA