Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasida tashkil etilgan shtab tomonidan hududlarda o‘rganish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori E.Tadjiyev hududlardagi ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda energiya resurslari iste’moli bazaviy me’yordan ortiq bo‘lgan iste’molchilar, ayniqsa, ehtiyojmand oilalar va oilaviy korxonalar joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rganishda iste’molchilarga energiya resurslari narxlari o‘zgarishining tub sabablari, tabaqalashtirilgan tariflar bo‘yicha to‘lov miqdorlarining o‘sib borish tartibi va resurslarni ortiqcha iste’moliga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish orqali resurslarni iqtisod qilishga erishish mumkinligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.