O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bugun Avstriya moliya vaziri o‘rinbosari Andreas Rayxardt bilan onlayn-uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy va moliyaviy jihatiga taalluqli keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zaro munosabatning joriy holati ko‘rib chiqilib, aloqalarni yanada rivojlantirish istiqboli yuzasidan fikr almashildi.

Innovatsion texnologiya va ilg‘or tajriba almashish, iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Avstriya ishbilarmon doiralarini O‘zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhitidan xabardor qilish, shuningdek mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy va investitsiyaviy hamkorlik salohiyatini namoyon etishga qaratilgan ishlarni faol davom ettirish zarurligi ma’qullandi.

G.Sattorova, O‘zA