Samarqand shahrida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Keyingi yillarda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholining ijtimoiy sharoitlarini yuksaltirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. U ushbu vazifada 2018 yil iyul oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Hisob palatasi raisi lavozimida ishlab kelgan Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Adiz Boboyev ish faoliyatini 1993 yilda Buxoro viloyati moliya boshqarmasida iqtisodchi sifatiba boshlab, 2008 yilgacha turli vazifalarda ishlagan. So‘ngra Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasida, vazirlik tuzilmasidagi boshqa lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 2024 yil yanvar oyidan Respublika Hisob palatasi raisi sifatida ishlab kelayotgan edi.

G‘.HASANOV, O‘zA muxbiri