Yil yakunigacha 14 ming gektar sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlar barpo etish vazifasi topshirildi
375

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Joriy yil yakunigacha jami quvvati 57 ming tonna bo‘lgan 10 ta agrologistika markazi, 230 ming tonnalik sovutkichli omborxonani ishga tushirish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Viloyat hokimlariga yil yakunigacha 14 ming, kelgusi yili 29 ming gektar sanoatlashgan intensiv mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish topshirildi.
Bundan tashqari, Qo‘rg‘ontepada 300 gektar, Farg‘ona tumanida 200 , Pop, Yangiqo‘rg‘on va Ohangaron tumanlarida 100 gektardan sanoatlashgan intensiv bog‘ va tokzorlar tayyor holda tadbirkorlarga berilishi belgilandi.
Texnik jihatdan tartibga solish va O‘simliklar karantini agentliklariga eksportga yuborishda har bir meva-sabzavot turi bo‘yicha alohida texnik standartlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
O‘zA