O‘zbekistonning Angliyadagi elchisi Ravshan Usmonov Londonda Buyuk Britaniya adliya vaziri o‘rinbosari, Lordlar palatasi a’zosi Frederik Ponsonbi bilan uchrashdi. Muzokara chog‘ida huquqiy sohadagi hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Xorijlik sheriklarga Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan, jumladan parlamentarizmni rivojlantirish, inson huquqini himoya qilish va fuqarolik jamiyati rolini oshirish yo‘nalishlaridagi keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. Qonun ustuvorligini ta’minlash, sud tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq mavzularga alohida o‘rin ajratildi.

Lord Ponsonbi yurtimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Tomonlar hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada kengaytirish istiqbolini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishildi.

O‘zA