O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Choriyev mamlakatimizning shimoliy darvozasida joylashgan Qo‘ng‘irot tumanidagi “Qoraqalpog‘iston” shaharcha fuqarolar yig‘inida jajji bolajonlarga bayram sovg‘alarini ulashdi.
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalari. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish davlatimiz e’tiborida bo‘lib, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Albatta, bolalar inson hayoti mazmunining ajralmas qismi. Bolalar o‘z tabassumi orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri