“Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasiga xorijdan zarur uskunalar to‘plami olib kelindi.
AQSHdan umumiy qiymati 112 million so‘mlik “Gammex 1425B Doppler 403 :tm:Flow Phantom0.5” rusumli akustik o‘lchamlarni namunaviy o‘lchash vositalari hamda Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan qiymati 46 million so‘mlik “Deatest-4” rusumli funksional generatori olib kelindi.
Ushbu qurilmalar orqali tibbiyot korxonalarida mavjud ultratovushli va rentgen nurlanishi bilan diagnostika qilish uskunalari, tibbiy-lazerli terapevtik apparatlar, difibrillyatorlar hamda yuqori chastotali elektro-xirurgik moslamalarning metrologik tekshiruvi, ularni nazorat qilish imkoniyati yaratildi.