“Qishloq qurilish bank” yosh xodimlari – Xivada!

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining ATB “Qishloq qurilish bank”dagi Yetakchilar kengashi tashabbusi bilan 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan bankda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yosh xodimlarning qadimiy Xiva shahriga sayohati uyushtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida korxona-tashkilotlar xodimlarining O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohatini tashkil qilish vazifasi belgilangan.
996af1c370e2610bb17eec49a638bbe3.jpg
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” tomonidan Harakatlar dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda doimiy tarzda bank xodimlarining O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohatlarini uyushtirish ko‘zda tutilgan. Dastur ijrosi doirasida bank tizimidagi 41 ta filial xodimlarini mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohatlari an’anaviy ravishda tashkil qilinmoqda.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining ATB “Qishloq qurilish bank”dagi Yetakchilar kengashi tashabbusi bilan 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan bankda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh yosh xodimlarning qadimiy Xiva shahriga sayohati uyushtirildi.
Sayohatdavomida bank xodimlari “ochiq muzey” nomini olgan olgan ko‘hna shaharning obidalari va tarixiy yodgorliklari bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘pmingyillik Xivaningo‘tmishiga oid ma’lumotlarbank xodimlarida katta taassurot uyg‘otdi.
IMG_2782.JPG
– Bu yil Toshkentdagi Inxa universitetini axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha tamomladim, – deydi bankxodimiDinara Qosimova. – Ta’lim olish davrimdagi to‘lov-shartnoma mablag‘lari ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan to‘liq qoplab berildi. Ta’limdan keyin bankka ishga qabul qilishdi. Bank tizimida men kabi minglab yoshlar mehnat qilishar ekan. Jamoamizda ahil va ishchanlik muhiti shakllangan. Yosh xodimlar o‘zaro fikr almashib, bank faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarimizni kiritib boramiz.Xiva shahriga sayohat uyushtirish taklifini bildirgandik, bank rahbariyati buni qo‘llab-quvvatlab, sharoit yaratib berishdi. Xiva shahrini ko‘rish orzuim edi. Sayohat davomida katta taassurotlar oldim. Ko‘rganlarimizni so‘z bilan tasvirlash qiyin. Yurtimizning boy tarixi bilan faxrlansak arziydi. Qadimiy shaharlarimizni yoshlarimiz, albatta, kelib ko‘rishi kerak deb o‘ylayman. ATB “Qishloq qurilish bank” yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishimda va orzu-maqsadlarim ro‘yobga chiqishida muhim o‘rin tutmoqda.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “2018-2019-yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosida ham “Qishloq qurilish bank” faol ishtirok etayotganligini ta’kidlash joiz. Xususan, bank tomonidan Xiva shahrida joylashgan Ichan-qal’a majmuasida Valyuta ayirboshlash shahobchasi tashkil qilingan hamda mazkur majmua xalqaro to‘lov kartalarini qabul qiladigan terminallar bilan ta’minlangan.
IMG_2773.JPG
Bank xorijlik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida Yagona umumrespublika protsessing markazi bilan hamkorlikda UPI xalqaro to‘lov tizimi plastik kartochkalarini UZCARD to‘lov tizimi terminallarida qabul qilish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bu orqali savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalariga o‘rnatilgan “Qishloqqurilishbank” terminallarida bir vaqtning o‘zida UZCARD va UnionPay xalqaro to‘lov tizimi kartochkalarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan viloyatlar, jumladan, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalarida joylashtirilgan terminallar ushbu xizmatga ulangan. Hozirda bank tizimida UZCARD to‘lov tizimi terminallarini boshqa xalqaro to‘lov tizimlariga integratsiya qilish bo‘yicha ham chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan