O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SUDYALAR OLIY KЕNGASHINING RAISINI TAYINLASH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasining 4-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Q A R O R Q I L A D I :
1. Ubaydulla Qurbonovich Mingboyev O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi etib tayinlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri,
2018-yil 29-iyun