Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari poytaxtimizdagi 109-sonli inklyuziv maktabga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida xorijlik ekspertlar maktabdagi shart-sharoitlar hamda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida finlyandiyalik ekspertlar hamda mamlakatimizdagi soha mutaxassislari bilan inklyuziv ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Aytish kerakki, Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi ekspertlarining 2024-yil 17-22-aprel kunlari «O‘zbekistonda Finlyandiya ilhomlantirilgan ta’lim tizimini rivojlantirish» loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga tashrifidan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizdagi o‘qitish tizimini o‘rganishdir.

Tashrif yakunida har bir komponent – «O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish», «Ta’lim sifatini baholash», «Ta’limda boshqaruv va menejment», «Inklyuziv ta’lim» bo‘yicha o‘zlarining fikr mulohazalarini bildirishlari va mazkur xulosalar asosida har bitta komponent uchun modullar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

 

N.Usmonova, Rustam Nazarmatov (suratlar), O‘zA