BOKS. Qirg‘izistonning O‘sh shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Vazni 52 kilogramm bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Mansur Ismatullayev mo‘g‘ulistonlik raqibi Yenxmandax Xarxuga qarshi ringga ko‘tarilib, yakunda g‘alaba qozondi va oltin medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Aziza Yoqubova, Yodgora Mirzayevalar ham o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘ldi.
Finalga qadar janglarda g‘alaba qozongan Rayhona Qodirova, Abrorbek Abdusalomov, Hasanboy Latiboxunov, Ahrorbek Abduqahhorov, Abdulahad G‘afforov kumush medal bilan taqdirlandi.
Umidli bokschilarimizdan Fazliddin Mamasalimov, Otabek Turdixo‘jayev, Hasan Qirg‘izboyev, Yahyo Nuriddinov va Tursunoy Rahimovalar terma jamoamizga bronza medal keltirdi.
* * *
ESHKAK ESHISH. Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.
Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda K-1, K-2, S-1, S-2 qayiqlarda 1000, 200, 500 metr, K-4, S-4 qayiqlarda esa 1000, 200 metr masofalarga kuch sinashadi. Ayollar esa S-1, S-2 qayiqlarda 200, 500 metr masofa uchun kim o‘zarga bahslashadi.
Chempionat doirasida parakanoe bo‘yicha ham bahslar bo‘lib o‘tadi.
J. Toshxo‘jayev, O‘zA