irmatov3.jpg
 
Hamyurtimiz, xalqaro toifadagi hakam, FIFA referisi Ravshan Ermatov Rossiyada davom etayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida qatnashayotganidan xabaringiz bor.
Uning ushbu mundialdagi dastlabki boshqaradigan bahsi 2-turdagi “D” guruhidan o‘rin olgan Argentina – Xorvatiya uchrashuvi etib belgilandi. Bu haqda FIFAning rasmiy saytida e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Ermatov bundan oldingi jahon chempionatida umumiy 9 ta o‘yin boshqarib italiyalik Perluidji Kollinaning(8 ta) rekordini yangilagandi.

 

O‘zA