Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro aksil doping tashkilotining 2024 yilgi tadbirlariga bag‘ishlangan yillik simpoziumida dopingga qarshi global kurashdagi sa’y-harakat va mehnat e’tirof etildi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax WADA tomonidan ta’sis etilgan “Play True Awards” mukofotiga loyiq ko‘rildi.
“Bir maqsad, bir jamoa” shiori ostida o‘tgan anjuman iste’moli taqiqlangan moddalar bo‘yicha jahon hamjamiyatining 1100 nafardan ziyod delegatini birlashtirdi.
“Play True Awards” mukofoti Baxdan tashqari Oq uyning Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy siyosati direktori Rahul Gupta va WADA asoschisi Richard Poundga ham nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, Lozannada o‘tgan mazkur tadbirda O‘zbekiston milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sodiqov va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, hamyurtimiz Ziyovuddin Hojiniyozov ishtirok etdi.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA