Yevropa parlamenti chorshanba kuni dunyodagi birinchi sun’iy intellekt to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, yangi qoida sun’iy intellektning fuqarolar huquqiga tahdid soluvchi ayrim shakllarini taqiqlaydi. Masalan, nozik belgilarga asoslangan biometrik turkumlashtirish tizimini va yuzdan tanish ma’lumoti bazasini yaratish uchun internet yoki videokuzatuv kamerasidan yuz tasvirini tanlanmagan holda olish. Shuningdek, ish joyi yoki maktabda his-tuyg‘uni aniqlash, ijtimoiy reyting, bashorat politsiyasi (faqat shaxs profili yoki uning xususiyatini baholashga asoslangan bo‘lsa) va inson hatti-harakati haqidagi ma’lumotni boshqaradigan yoki insonning zaif jihatidan foydalanadigan sun’iy intellekt taqiqlangan.
Mazkur yangi qonun boshqa ayrim juda xavfli sun’iy intellekt tizimlari uchun ham aniq majburiyatni nazarda tutadi. Sun’iy inttellektdan foydalanish xavfi yuqori bo‘lgan holatlarga muhim infratuzilma, ta’lim va o‘qitish, bandlik, muhim davlat va xususiy xizmat turlari, masalan sog‘liqni saqlash yoki bank, ayrim huquqni muhofaza qilish tizimlari, migratsiya va chegarani boshqarish, adolat va demokratiya jarayoni, masalan saylovga ta’sir o‘tkazish kiradi.
Yakuniy huquqiy va lingvistik sinovdan o‘tishi, keyin Yevropa Kengashi tomonidan tasdiqlanishi talab etiladigan ushbu qonun Yevropa Ittifoqi rasmiy jurnalida chop etilgandan 20 kun o‘tgach kuchga kiradi va ikki yildan so‘ng to‘liq qo‘llana boshlaydi.