Italiyaning Busto-Arsitsio shahrida “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma taqdim etuvchi turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkentga qaytib kelishdi.

O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining 9 nafar bokschisi ishtirok etgan shiddatli janglar yakunida 5 ta yo‘llanmaga ega chiqqan hamyurtlarimiz poytaxt aeroportida kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining 7 ta yo‘llanmasiga ega chiqdi. Bokschi qizlarimizda esa hozircha 2 ta yo‘llanma naqd. Endi 4 nafar bokschi qizimiz  23-may – 5-iyun kunlari Tailandda o‘tadigan so‘nggi Olimpiya saralash turnirida ishtirok etadi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA