Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Kubogning ayollar o‘rtasidagi -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ro‘za Qo‘ziyeva yakkalik bellashuvlarida 120 kg natija bilan bronza, umumiy natijaga ko‘ra esa 345 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada Aqidaxon Axtamova 1 tadan oltin va kumush medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA