Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Gulfood” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bu kabi tadbirlarda har bir mamlakatning soha mas’ullari ishtirokiga alohida o‘rin beriladi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etib,  o‘tkazilayotgan muloqotlarda samarali natijalar qayd etildi.

Xususan, vazirning “Abu Dhabi Developmental Holding Company” (ADQ) kompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Ghitha Group” kompaniyasi direktori Issa Xoori bilan uchrashuvi ham bunga misol bo‘la oladi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotida.

Shuningdek, “Abu Dhabi Food Hub” kompaniyasi direktori Suresh Vaidhyanathan bilan uchrashuvda O‘zbekistonda ixtisoslashgan oziq-ovqat markazini tashkil etish yuzasidan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi. “Gulfood” oziq-ovqat va ichimliklar sanoati uchun dunyodagi eng yirik va nufuzli yillik ko‘rgazma bo‘lib, to‘rt kun davomida eng ko‘p tashriflar bo‘lib o‘tadi va eksponentlar hamda biznes operatsiyalari amalga oshiriladi.

Dunyodagi eng yirik halol mahsulotlar ko‘rgazmasi sifatida e’tirof etiladigan “HalalWorldFood” doirasidagi  ko‘rgazmada 50 ta mamlakatdan oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning yuzlab mutaxassislari ishtirok etmoqda.

A.RUSTAMOV, O‘zA