Bolgariya mezbonligida o‘tayotgan “Strandja” musobaqasining chorak final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi ringga ko‘tarildi va ular orasida 4 nafari yarim finalga yo‘l oldi.

Chorak final bosqichida vazni -50 kg. bo‘lgan Sabina Boboqulova mezbonlar vakilasi Venelina Poptolevani, -57 kg. vaznda esa Humorabonu Mamajonova hindistonlik Sakshini 3:2 hisobida yengdi. Erkaklar o‘rtasidagi -86 kg. vazn toifasida Samandar Jalolov va Jugnoo (Hindiston), vazn og‘irligi +92 kg. bo‘lgan Jahongir Zokirov hamda Sagar (Hindiston) bellashuvi 5:0 hisobida yakunlandi. Afsuski, Madiyar Saydrahimov o‘z vaznida irlandiyalik Marley Jackga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 75-marotaba tashkil etilayotgan mazkur musobaqada chorak final bahslari davom etmoqda. “Strandja” turnirining final janglari 11 fevral kuni o‘tkaziladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA