Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda professional va oliy ta’limdagi masalalar ham muhokama qilindi.

O‘tgan yilgi 380 ming maktab bitiruvchisidan 180 mingi ta’limni kollej, texnikum yoki oliygohda davom ettirmoqda. Qolgan 200 ming nafari mehnat bozoriga kirib kelmoqda.

Dual ta’lim bilan 234 ta profta’lim muassasasida barcha o‘quvchilar ham qamrab olinmagan. Vazirliklarga tegishli kollej va texnikumlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimli ishga qo‘yilishi, ulardagi quvvatlar 100 foizga ishlatilishi kerak.

Qurilish vazirligida 13 ta, Suv xo‘jaligi vazirligida 9 ta, Veterinariya qo‘mitasidagi 5 ta kollej va texnikumda malakali amaliyotchi ustalarni ko‘paytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

O‘zA