Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashishga doir yirik tadbir, kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida ishlangan kompozitsiya haqida ma’lumotlar bilan tanishish jarayoni… Shu tobda xayolda Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida shoh Iskandarning bu dunyodan bo‘sh ketgan qo‘li xususida yozilganlari jonlanadi.

2016 yildan buyon 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Mazkur sana munosabati bilan har yili Qatar Amiri Shayx Tamim Ol Soniy tomonidan ta’sis etilgan “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti” topshirish marosimi o‘tkaziladi. Shu jarayonda xalqaro mukofotning ramziy monumenti ham ochiladi.

Bu galgi tadbir nuqtasi esa Qatardan so‘ng O‘zbekiston – Toshkent shahri, “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududi bo‘ldi.

New iconic anti-corruption monument inaugurated in Kigali | International

2023 yil 19 dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirda mukofot asoschisi – Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari, 40 dan ziyod mamlakat delegatsiyalari, shu jumladan, ushbu xalqaro mukofot sovrindorlari qatnashdi. BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Qatarning Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash markazi ko‘magida tashkil etilgan nufuzli marosim yettinchi manzil sifatida nega, aynan, O‘zbekiston poytaxtini tanladi? Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan o‘n ikki metrlik kompozitsiya, aslida, qanday ma’noni anglatadi? Nima uchun korrupsiyaga qarshi kurashishning ramziy ma’nosi “kafti ochiq qo‘l”? Quyida shu kabi savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Mukofot 2015 yil Qatar hukumati hamda BMT shaf’eligida Qatarda tashkil etilgan Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash markazi tomonidan ta’sis etilgan. Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari xalqaro assotsiatsiyasining VIII konferensiyasida Qatar davlati rahbari Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan e’lon qilingan.

Ribadu, seven other 'Global Anti-Corruption Heroes' celebrated

Mukofot statuetkasi ham kafti ochiq qo‘l, monument ham kafti ochiq qo‘l. Xalqaro mukofot bilan mahalliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi shaxslar va tashkilotlar rag‘batlantiriladi. Aytgancha, 2016 yil 9 dekabrda ilk bor 51 mamlakatdan 38 nafar g‘olib taqdirlangan. Bu gal ham mukofot beshta yo‘nalishda korrupsiyaga qarshi faol kurashgan insonlar va tashkilotlarga berildi.

https://president.uz/uploads/0ccb9d1f-be97-37ae-22f1-2742561666c6_lists_slider_6933.jpg

Bir yillik tanaffusdan so‘ng tadbirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi “Transparency International” xalqaro reytingi bilan bog‘liq, deyish mumkin. 2022 yil yakunida mamlakatimiz tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi reytingida 14 pog‘onaga ko‘tarildi. Shu bois, bu yilgi manzilga Toshkent shahri ma’qul deb topilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev marosimdagi nutqida 2030 yilga qadar mazkur reytingdagi o‘rnimizni yana 50 pog‘onaga yaxshilash maqsad qilinganini qayd etdi. Bilamiz, “Transparency International”– butun dunyo bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurash va korrupsiya darajasini o‘rganishga bag‘ishlangan nohukumat xalqaro tuzilma. O‘zbekiston esa o‘tgan yil mazkur reytingda yaxshi natija ko‘rsatgan davlat sifatida e’tirof etildi. Ayni vaqtga qadar 4 qit’adagi 6 mamlakat – Avstriya, Shveysariya, Malayziya, Ruanda, Tunis va Qatar mukofotning taqdirlash marosimiga mezbonlik qilishga ulgurgan.

В Ташкенте открыли памятник, символизирующиy borьbu с коррупциеy

Monument yirik o‘lchamdagi qo‘l shaklida bo‘lib, korrupsiyani to‘xtatish va bu jinoyatga «yo‘q» deyish zarurligini, butun dunyo xalqlarining korrupsiyaga qarshi kurashda hamkorligi va birdamligini ifodalaydi. Toshkent shahri mazkur monument o‘rnatilgan dunyo shaharlarining yettinchi manzili bo‘ldi.

2023 yilgi Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kunida korrupsiyaga qarshi kurash va tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot o‘rtasidagi muhim bog‘liqlik ta’kidlandi. Uning zamirida bu jinoyatga qarshi kurashish har bir insonning huquqi va burchi ekani, bu jinoyatning salbiy ta’sirini faqat hamkorlik, har bir shaxs va muassasaning ishtiroki orqali bartaraf etish mumkin, degan tushunchalar bor.

ACE Award | Home

Bu yilgi Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni mavzusi “BMT Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi 20: Korrupsiyaga qarshi dunyoni birlashtirish”, deb nomlandi. Asosiy shior – kelgusi yillarda ushbu mexanizm yanada mustahkamlanib borishini ta’minlash uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan qolgan kamchiliklarni tekshirish ham bir xil darajada muhimdir.

Kafti ochiq qo‘l Dohada istiqomat qiluvchi iroqlik zamonaviy rassom va haykaltarosh Ahmad Albahrani tomonidan yaratilgan. Ijodkor dunyoning turli shaharlarida haykallar, yodgorliklar va devoriy suratlar to‘plamini yaratgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ochiq kaftni aks ettiruvchi haykal oliy hazratlari Amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qarashlarini aks ettiradi. Haykalning har bir qismi dunyo davlatlarini, undagi uchburchaklar esa shaffoflikni ifodalaydi. Shunday ekan, minglab odamlar va ko‘plab davlatlarni vayron qilgan korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning burchidir.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA