2026 yilda Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan Paraosiyo o‘yinlarining ramzi e’lon qilindi.

“Bir yurakni tasavvur qiling” shiori ostida taqdim etilgan ushbu emblema o‘ziga xoslikka ega bo‘lib, Paraosiyo o‘yinlarida nogironligi bormi yoki yo‘qmi, odamlar o‘rtasidagi to‘siqlarni yo‘q qilish va barchani birlashtirgan juda ko‘p umumiy jihatlar borligini aks ettiradi.

Paraosiyo o‘yinlari ramzi taqdimotida ishtirok etgan Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed, O‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi rahbari Hideaki Omura Paraosiyo o‘yinlarining ramzi va shiori ko‘p ming sonli kishilar va para sportchilarining birligi, bir maqsad atrofida jam ekanligi va yorug‘ istiqbolga hamkorlikda talpinib yashash istaklarining hamohangligini yorqin ifoda etganligini ta’kidlashdi.

2026 yilning 18-24 oktabr kunlari Yaponiyada o‘tadigan mazkur Paraosiyo o‘yinlarida sportning 18 turi bo‘yicha 45 ta mamlakatning 4000 nafarga yaqin matonatli sportchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

T. Ro‘ziyev, O‘zA