Isroilning G‘azo sektorida XAMAS harakatiga qarshi harbiy amaliyot boshlaganidan buyon 158 askari halok bo‘ldi, deb xabar tarqatdi “Times of Israel” gazetasi Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL)ga tayanib.
Bundan avvalroq 152 nafar isroillik askar halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘tgan shanba kuni yana bir bor G‘azo sektorida olib borilayotgan harbiy amaliyot maqsadga erishmagunicha davom etishini aytgandi.