Armanistonda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Kechagi bahslarda vakillarimizdan Maftuna Musurmonova, Firuzjon Sa’dullayev, Abdurahmon Mahmudjonov, Husan Qahhorovlar o‘z vazn toifalarida g‘alabaga erishdi va medallar uchun bahslarga kirishadigan bo‘ldi.

Bugun chempionatda chorak final bahslari o‘tkaziladi. Unda 6 nafar hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Unda Hikmatillo O‘lmasov – Alik Kishoyan (Armaniston),

Akbar Ahmadov – Muhammad Mesbahi (Eron), Ruslan Esanov – Sahil (Hindiston), Islom Salihov – Abbas Garshasbi (Eron), Sevara Mamatova – Reka Varga (Vengriya), Rayhona Qurbonboyeva – Akansha Falasval (Hindiston) o‘rtasida janglar o‘tkaziladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA