Turkiya dzyudo federatsiyasining Anqara shahridagi sport inshootlarida “Spor Toto Superliga” musobaqasi o‘tkazildi. Unda 300 nafardan ortiq dzyudochilardan iborat jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.
E’tiborlisi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova Superligada o‘z jamoasi “Galatasaray” bilan g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, terma jamoamizning yana bir a’zosi Shahram Ahadov ham bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovringa ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, mazkur ichki musobaqa Yevropa chempionlar ligasiga asosiy kvalifikatsiya hisoblanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA