Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston kubogi doirasida shpaga yo‘nalishida mintaqaviy terma jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Buxoro terma jamoasiga teng keladigani topilmadi va kubokni qo‘lga kiritdi. Yoshlar toifasida esa Qoraqalpog‘iston qizlar termasi, o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Andijon jamoasi shohsupaning birinchi pog‘onasini egalladi.
O‘zbekiston kubogi 30 noyabr kuniga qadar davom etadi. Unda o‘smirlar va yoshlar rapira yo‘nalishida yakkalik hamda jamoaviy bahslarga kirishadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA