Italiyada o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasida Afruza Hamdamova jahon chempioni bo‘ldi. Shaxmatchimiz ushbu g‘alaba bilan O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasida ilk jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova o‘z yosh toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.