Portugaliyada bo‘lib o‘tayotgan kikboksing bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Chempionat doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Jahon kikboksing assotsiatsiyasi (WAKO) prezidenti Roy Baker tomonidan 2024 yilda bo‘ladigan jahon kubogiga Toshkent shahri mezbonlik qilishi e’lon qilindi.
Jahon chempionatining bugungi saralash bahslarida Mahmud Hayotov, Zarifjon Istamov, Faxriddin Eminov, Husniddin Shahobiddinov, Mavlonbek Muhammadjonov, Xurshida Jalilova hamda Ruhshona Shuhratova o‘z yo‘nalishi va vazn toifasida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA