XXR hukumatining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchisi Chjay Szyun Falastin – Isroil ziddiyati keskinlashuvi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish uchun mintaqaning BAA, Saudiya Arabistoni, Iordaniya kabi mamlakatlariga safar qilishni rejalashtirmoqda.

Xitoy Markaziy televideniyesi Elchining quyidagi intervyusini efirga bergan:

– Kuni kecha Qatarda va Misrda bo‘ldim, Qohirada tashkil etilgan tinchlik sammitida ishtirok etdim. Endi mintaqaning boshqa mamlakatlariga boraman. Maqsadimiz – ushbu davlatlar bilan o‘t ochishni to‘xtatish, zo‘ravonlikka barham berish va vaziyatni yumshatish bo‘yicha harakatlarimizni muvofiqlashtirib borish.