Fazliddin G‘oibnazarovdan yana bir g‘alaba!

Fazliddin shu kungacha professional boksda uchta jang o‘tkazgan va ularning barchasida ishonchli g‘alaba qozongan, shulardan bittasini nokaut bilan yengan edi. Endi uning hisobiga to‘rtinch yutuq, shundan ikkinchi nokaut holati ham yozib qo‘yiladigan bo‘ldi.
Boks bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari g‘olibi, ayni paytda esa professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov AQSHning Nyu-York shahridagi “Madison Square Garden” arenasida o‘zining to‘rtinchi jangini o‘tkazdi.
Meksikalik Xesus Silveyraga qarshi sakkiz raundlik jangga chiqqan hamyurtimiz to‘rtinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional boksdagi faoliyatining to‘rtinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.
Fazliddin shu kungacha professional boksda uchta jang o‘tkazgan va ularning barchasida ishonchli g‘alaba qozongan, shulardan bittasini nokaut bilan yengan edi. Endi uning hisobiga to‘rtinich yutuq, shundan ikkinchi nokaut holati ham yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Uning raqibi Xesus Silveyra esa shu kungacha 15ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida ustunlikka erishgan (3tasi nokaut), ikkitasida durang qayd etgan va beshta jangda mag‘lubiyatga uchragandi. Endi uning “kolleksiyasi” yana bitta mag‘lubiyat bilan “boyidi”.

 

O‘zA