Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekistonlik sportchilar uchun oltinchi kun bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Kun davomida 33 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi. Qilichbozlikning sablya yo‘nalishida ayollar terma jamoamiz qizlari barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqdi. 29 sentyabr yakuniga ko‘ra, medallarimiz soni 32 taga yetdi. Ayni paytda terma jamoamiz umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA