Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarining yana bir bironza medali Humoyun Sultonovga nasib etdi.

Tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov yarim finalga qadar yetib bordi. Afsuski, u ushbu bosqichda xitoylik Jijeng Jangga 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, sport gimnastikasida ishtirok etgan Oksana Chusovitina o‘z chiqishini 13,084 ball bilan yakunladi va to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA