Xitoyda o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlarining 10 metrdan pnevmatik miltiqda o‘q otish bo‘yicha aralash jamoaviy bahslarda Javohir Sohibov hamda Muxtasar Tohirova juftligi kumush medal sohibiga aylandi.
Javohir va Muxtasar dastlab, saralash bosqichida 630.3 ball bilan finalga yo‘l oldi. Ular so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Xitoy termasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Sportchilarimizning ushbu natijasidan so‘ng delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 4 oltin, 5 kumush va 6 bronza, jami 15 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA