Butunjahon boks ittifoqi (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Undan 7 nafar bokschimiz o‘rin oldi.

Jadvalning o‘ta yengil vazn toifasida Olimjon Nazarov ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarim yengil vazn toifasida 6 – o‘rinni egalladi. Yarim yengil vaznda ringga ko‘tarilayotgan Otabek Xolmatov o‘tgan oydagi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab, 13 – o‘rinni band qildi.

Chempionlik kamarini ko‘zlayotgan super yengil vazndagi bokschimiz Shohjahon Ergashev ham uchinchi o‘rinni saqlab qoldi. Yarim o‘rta vazn toifasida Shahram G‘iyosov yettinchi, super yarim vaznda esa Isroil Madrimov 13 – pog‘onani egalladi. Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vaznda o‘tgan oydagi kabi 9 – o‘rindan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA