Yozgi Osiyo o‘yinlarining bir qator sport turlari qatori zamonaviy beshkurash bo‘yicha ham musobaqalarga start berildi.
Zamonaviy beshkurashning ayollar o‘rtasidagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Alise Faxrutdinova va Samira Abzalova “Xanchjou-2022” medallari uchun kurashga kirishdi.
Beshkurashning qilichbozlik bellashuvlarida qatnashgan Faxrutdinova 240 ochko bilan 19 nafar sportchi orasida to‘rtinchi, Abzalova 175 ochko jamg‘argan holda 16-o‘rinni egalladi.
Sportchilarimiz ertaga qilichbozlik, shuningdek ot sporti, suzish va o‘q otish bahslarida ishtirok etadi. Mazkur musobaqalar yakunida eng ko‘p ochko to‘plaganlar medallarga sazovor bo‘ladi.
Bugun kun davomida beshkurashning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida terma jamoamiz a’zolari Doniyor Rahimov va Sadriddin Qobiljonov ilk bellashuvlarda omadini sinab ko‘radi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA