AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish telefon muloqoti o‘tkazdilar. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller ma’lum qildi.

Blinken va Guterrish “xalqaro dolzarb masalalar, xususan don shartnomasini muhokama qilgan. Albatta, Ukraina atrofidagi ziddiyat ham ko‘rib chiqilgan”.

“Tomonlar BMT Bosh assambleyasi, ayniqsa tashkilot Nizomining muhim tamoyillari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish yo‘lidagi XXI asr tahdidlariga munosabat bildirish maqsadida BMTni isloh qilishni qo‘llab-quvvatlash singari ustuvor masalalarni muhokama qilishdi”, deyiladi bayonotda.