Yaponiyaning yangi tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan birinchi telefon suhbatini o‘tkazib, Ukraina, Xitoy va KXDRdagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vazir Kamikava “yettilik guruhi”da raislik qilar ekan, qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro tartibni saqlash hamda mustahkamlash majburiyatini bajaradi”, deb bayonot berdi.

Tomonlar mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashdilar, Ukraina atrofidagi ziddiyat, Xitoy, shuningdek, Shimoliy Koreyaning yadro va raketa yaratish masalalarini o‘rganish ishida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

70 yoshli sobiq adliya vaziri Yoko Kamikava 13 sentyabr kuni lavozimga tayinlandi.