Osiyo futbol konfederatsiyasi 2024 yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi bahslarini boshqarib borishda ishtirok etadigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, musobaqaning 10 nafar texnik ekspertidan biri sifatida o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Farhod Abdullayev e’tirof etilgan bo‘lsa, tajribali hakamlar Ahrol Risqullayev va Ilgiz Tantashev Osiyo kubogi o‘yinlarini nazorat qilib boradigan 33 nafar bosh hakamlar qatoridan joy oldi.

Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Timur Gaynulin va Andrey Tsapenkodan iborat ikki nafar hakami nufuzli musobaqaning yordamchi referisi sifatida ish olib boradi. Yordamchi referilarning umumiy soni 37 nafarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda o‘tadigan Osiyo kubogi o‘yinlari kelgusi yilning 14 yanvar – 10 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarni nazorat qilish uchun umumiy hisobda 74 nafar qit’a futbol mutaxassislari jalb etilmoqda.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA