Yaponiya hukumatida amalga oshirilgan o‘zgarishlar tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash sohasida mamlakat taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shadi. Bu haqda Bosh vazir Fumio Kisida jurnalistlarga bayonot berdi.
“Biz mamlakatimizning bundan keyingi taraqqiyotiga xizmat qiladigan, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga doir o‘zgarishlarni amalga oshirdik”, dedi u.
Bu Kisida Liberal-demokratik partiya yetakchiligi va Bosh vazir lavozimiga kelgandan keyin hukumatda yuz bergan uchinchi o‘zgarish.
Bu gal o‘n bir nafar, jumladan tashqi ishlar va mudofaa vazirlari yangilandi.
Kisida Vazirlar Mahkamasining muhim tarkibini saqlab qoldi, hukmron partiyada, deyarli, o‘zgarish qilmadi.
Tashqi ishlar vazirligi rahbari etib sobiq adliya vaziri, 70 yoshli Yoko Kamikava tayinlandi. Yangi mudofaa vaziri lavozimini 54 yoshli Minoru Kixara egalladi. Avvallari u vazir emas, hukumat raisining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchsi bo‘lgan.
Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi muhim sohalar vazirlari lavozimini saqlab qolishdi. Moliya, iqtisodiy xavfsizlik, raqamlashtirish masalalari, iqtisod, savdo va sanoat vazirlari shular jumlasidan.