AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti yopiq yig‘ilishda Respublikachilarga Prezident Jo Baydenga nisbatan impichment jarayoni boshlash uchun yangi ma’lumotlarni beradi. Bu haqda “Punchbowl News” portali xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, 14 sentyabrga mo‘ljallangan majlisda Makkarti Bayden oilasining bankdagi hisob-kitoblari va boshqa hujjatlarni oshkor etadi.
“Bu Makkarti va respublikachilar uchun katta yutuq”, deya ta’riflangan. Binobarin, hujjatlarda o‘g‘lining xorijdagi faoliyatidan kelib tushgan daromadda Baydenning hissasi borligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbotlanmagan.
Mavzuga oid hujjatlarni Vakillar palatasi Yuridik qo‘mitasi raisi Jim Jordan hamda Nazorat va hisobot qo‘mitasi raisi Jeyms Komer boshchiligidagi guruh to‘plagan.
Avvalroq Baydenga nisbatan impichment sentyabrda boshlanadi, deb xabar bergan edi Vakillar palatasidagi siyosatchilar.